Xonqa tumani 26-sonli umumta'lim maktabida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ 316-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 04.02.2026-yil sanasida 9-sinf bitiruvchilarining ta'limning keyingi bosqichiga jalb qilish masalasi yuzasidan ota-onalar majlisi tashkil etildi. Yig'ilishdan maqsad:o'quvchilarning kelgusi ta'lim yo'nalishini to'g'ri tanlashi akademik litsey, texnikum yoki maktabning 10-sinfida o'qishni davom ettirishlari masalasidan iborat. Tadbirda 1,2,3-son texnikumlaridan vakillar ishtirok etishdi. Tadbirda ota-onalarga farzandlarining qiziqish va qobiliyatini inobatga olgan holda to'g'ri qaror qabul qilish bo'yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek maktab psixologi M. Otaboyeva MMIBDO' M. Matkarimov bilan birgalikda ota-onalar fikr va takliflari o'rganildi. Mazkur uchrashuv oila va maktab hamkorligini mustahkamlash hamda o'quvchilarning ta'limni uzluksiz davom ettirishiga xizmat qildi.

