O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Xonqa tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga Sabirov Faxriddin Sultanmuratovich mudir etib tayinlandi.Bugun Xonqa tumani madaniyat markazida o‘tkazilgan yig‘ilishda yangi rahbar soha jamoatchiligiga yaqindan tanishtirildi.
Sabirov Faxriddin Sultanmuratovich bugungi kunga qadar Xonqa tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri lavozimida ishlagan.
Fursatdan foydalanib, Faxriddin Sabirovning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.