"5 tashabbus-sport bilan" shiori ostida umumiy o'rta ta'lim maktablari o'qituvchilari o'rtasida sportning "QUVNOQ STARTLARI" turidan o'tkazilgan viloyat final birinchiligi musobaqasida Xonqa tuman jamoasi faxrli 1-o'rinni egalladi. Bu jamoada 26-maktab jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi Jumanazarov Sirojiddinning borligi maktab jamoasi uchun quvonarlidir.